Xalqaro simpoziumga taklif!

Xalqaro simpoziumga taklif!
 

Turk Davlatlari Kognitiv Tilshunoslik Markazi tomonidan tashkil etilayotgan "Turkiy davlatlarda kognitiv tilshunoslikning buguni va kelajagi" mavzusidagi I Xalqaro simpozium 2026-yil 15–16-oktabr kunlari Boku (Ozarbayjon) shahrida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur simpozium turkiy davlatlar olimlari, tadqiqotchilari, professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va yosh izlanuvchilarni kognitiv tilshunoslikning dolzarb masalalarini muhokama qilish, ilmiy tajriba almashish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida bir maydonga jamlaydi.

 

 Sana: 15–16-oktabr, 2026-yil
 Manzil: Boku, Ozarbayjon
 Simpozium haqida batafsil ma'lumot: https://www.dilcilik.az/elan.php?id=129

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube