Xalqaro stipendiya imkoniyati – Braziliya
QS Jahon reytingida 233-o‘rinni egallagan University of Campinas (UNICAMP) universiteti bilan hamkorlik doirasida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida portugal tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun ikki nafar bakalavr talabaga mo‘ljallangan stipendiya tanlovi e’lon qilinadi.
Ushbu dastur doirasida tanlab olingan talabalar Braziliyada joylashgan UNICAMP universitetida bir semestr davomida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash:
Santander tomonidan taqdim etiladigan grant:
— semestr davomida xarajatlarning bir qismini qoplaydi (taxminan 3250 AQSh dollari);
— universitet oshxonasi va tibbiy xizmatlardan bepul foydalanish kartasi taqdim etiladi.
Eslatma:
Grant aviachipta va sayohat sug‘urtasi xarajatlarini qamrab olmaydi.
Ariza topshirish tartibi:
Muddat: 2026-yil 10-may, soat 22:00 gacha
Email: marcellefguil@gmail.com
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
— 1 sahifalik motivatsion xat (nomzodning nega ushbu stipendiyaga munosib ekanligi asoslangan holda).
Qo‘shimcha ma’lumot:
Savollar bo‘yicha tushuntirish berish maqsadida Prof. Marcelle F. Guil bilan uchrashuv tashkil etiladi.
8-may
16:00 – 17:30
405-xona
Muhim tavsiyalar:
— Ariza topshirishdan oldin barcha hujjatlar bilan tanishib chiqing;
— Qarorni ota-onangiz bilan muhokama qilgan holda qabul qilishingiz tavsiya etiladi.
Bog‘lanish:
Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri
Dilrabo Baxronova
+998 33 001 7000
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram (https://t.me/UzSWLU) | Instagram (https://instagram.com/uzswlu_official?igshid=MzRlODBiNWFlZA==) | Facebook (https://www.facebook.com/uzswlu.uz?mibextid=LQQJ4d) | Sayt (https://uzswlu.uz/)