Xalqaro tajriba — ta’lim sifatining muhim omili!

 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Roman–german tillari tarjimashunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi Zulxumor Achilova ayni paytda Ispaniyada malaka oshirmoqda.

 Xususan, u “Erasmus+” xalqaro dasturi doirasida Ispaniyaning nufuzli Mursiya universitetida tashkil etilgan qisqa muddatli (1 haftalik) malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda.

 

 

Mazkur kurslar davomida Z.P. Achilova  zamonaviy pedagogik yondashuvlar, til o‘qitish metodikasi hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilim va tajribasini yanada boyitmoqda.

  Shuningdek, u mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib, xalqaro tajribani o‘rganish bilan birga xorijiy hamkasblar bilan ilmiy va akademik aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqda.

 Ushbu malaka oshirish jarayoni kelgusida ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube