Xorijiy abituriyentlar bilan onlayn suhbat
Bugun, 2026-yil 24-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida xorijiy abituriyentlar bilan onlayn suhbat jarayonlari boshlandi.
Tadbirni O‘zDJTU rektori, Maxsus komissiya raisi Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Rektor xorijiy abituriyentlarga universitetdagi ta’lim imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar hamda o‘quv jarayoni haqida ma’lumot berib, ularga omad tiladi.
Muloqot davomida abituriyentlarning savollari tinglanib, ularga tegishli mas’ullar tomonidan batafsil ma’lumot va tushuntirishlar berildi.
Onlayn suhbatda universitet Qabul komissiyasi mas’ul kotibi va a’zolari, Xalqaro hamkorlik bo‘limining mas’ul xodimlari hamda boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Xorijiy abituriyentlar bilan onlayn suhbatlar 26-avgustga qadar davom etadi.
2026-08-24 01-26