YANGI O‘QUV YILI TANTANALI BOSHLANDI!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakultetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Angren shahar hokimi o‘rinbosari A. Parpiyev, faxriy ustozlar, ota-onalar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbirni Angren fakulteti dekani ochib berib, barchani mustaqilligimizning 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan 1-kurs talabalarini yangi hayot bosqichi bilan tabriklab, ularga o‘qishda ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Tadbir davomida universitetga yuqori natijalar bilan qabul qilingan hamda kirish imtihonlarida eng yuqori ballarni qo‘lga kiritgan talabalar munosib ravishda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Barcha talabalarimizni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etamiz!
2026-09-07 05-35