2-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Iqtidorli talabalar bilan ishlash va Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlab, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha olimpiada tashkil etildi. 

Ushbu tanlovda universitet fakultetlaridan jami 50 dan ortiq talabalar huquqiy bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Tashkil etilgan olimpiada natijalariga ko‘ra g‘oliblik quyidagi talabalarga nasib qildi:

1-o‘rin – Jumaniyazova Lobar Sirojiddin qizi – Ingliz tili 3-fakulteti talabasi,

2-o‘rin – Uzoqova Marjona Sherali qizi – Ingliz tili 3-fakulteti talabasi,

3-o‘rin – Rajabboyeva Ozoda Mahmudjon qizi – Ingliz filologiyasi fakulteti talabasi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube