Yaponiya Raqamli Universiteti (JDU) rektori Ravshan Mamajonov rahbarligidagi universitet rahbar-xodimlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuv davomida yangi tahrirdagi Anglashuv memorandumi, shuningdek, 2020-yil dekabr oyida imzolangan bitimga qo‘shimcha shartnoma bandlari hamda qo‘shma ta’lim dasturlari doirasidagi o‘quv rejalari muhokama qilindi.

 

 

Mazkur uchrashuvda Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor A. Nasirov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i F. Rashidova hamda O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari O. Adinayev ishtirok etdilar.

Muzokaralar davomida tomonlar o‘quv rejasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan o‘qitiladigan fanlar ulushi kamida 25 foiz yoki 60 kredit hajmida bo‘lishini inobatga olgan holda o‘quv rejani qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Shundan so‘ng JDU vakillari O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov, moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor M. Xamrayev hamda Reja-moliya bo‘limi boshlig‘i B. Sultonov bilan mazkur universitetga berilgan binoning ijara shartlarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida har ikki tomon barcha masalalar bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishib, tegishli shartnomani imzolash bo‘yicha qaror qabul qildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube