“Yilning eng faol talabasi – 2025” respublika tanloviga start berildi!
Bu — siz uchun o‘zingizni ko‘rsatish, yutuqlaringizni namoyon etish va yangi cho‘qqilar sari odim tashlash imkoniyati!
Arizalar 2025-yil 20-oktabrga qadar qabul qilinadi.
Shoshiling, imkoniyat eshiklari uzoq ochiq turmaydi!
Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
- Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi
- Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi
- Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi
- Yilning eng faol sportchi talabasi
- Yilning eng faol iqtidorli talabasi
- Yilning eng faol ijodkor talabasi
- Yilning eng faol tadbirkor talabasi
Mukofotlar sizni kutmoqda!
1-o‘rin – BHMning 8 barobari miqdorida mukofot
2-o‘rin – 6 barobar
3-o‘rin – 4 barobar
Barcha g‘olib va sovrindorlar O‘zDJTU faxriy yorlig‘i bilan taqdirlanadi!
Bu sizning imkoniyatingiz! Faolligingizni namoyon qiling, yangi marralarni zabt eting va “Yilning eng faol talabasi” unvoni sohibiga aylaning!