OʻzDJTU rektoriga “Yoshlar balansi” asosida birinchi navbatda yordamga muhtoj boʻlgan, eʼtibor talab etuvchi 25 nafar yoshlar biriktirilgani haqida maʼlum qilgan edik.
Hozirda ularning holidan xabar olib, mavjud muammo va kamchiliklariga yechim topish maqsadida tizimli “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilmoqda.
8-aprel kuni universitet rahbari Uchtepa tumanida boʻlib, tumandagi “Katta Choʻponota” mahallasidan 7 nafar yosh, “Hamdoʻst” mahallasidan 3 nafar yoshlarning muammo va kamchiliklari oʻrgandi. Mahalla guzarida yoshlar, ularning ota-onalari va mahalla vakillari bilan suhbatlashib, koʻmakka muhtoj yoshlarning ehtiyojini soʻradi, hamda har oyda ularning holidan xabar olib, zarurat tugʻilgan barcha mahsulot va yordamlarni yetkazib berishini taʼkidladi.
Mazkur yoshlarning har biri bilan alohida mahalla profilaktika inspektorlari va yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikda uchrashuvlar oʻtkazishga kelishib olindi.