KICHIK VAQT, KATTA O‘ZGARISH
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Roman-german filologiyasi fakulteti Kengashi tashabbusi bilan ECO ACTION ekologik volontyorlik aksiyasi bo‘lib o‘tdi

Aksiya davomida volontyor talabalar universitetimiz atrofi bo‘ylab ECO CLEAN-UP o‘tkazib, hududni chiqindilardan tozalashdi hamda ularni imkon qadar saralashdi
Ammo ECO ACTION faqat tozalik aksiyasi bilan yakunlanmadi
Aksiyadan so‘ng talabalar o‘rtasida networkingni kuchaytirish, yangi tanishuvlar orttirish va jamoaviy muhitni yanada mustahkamlash maqsadida turli xil sport o‘yinlari tashkil etildi

NATIJADA BIR KUNNING O‘ZIDA:
tabiat uchun foydali ish qilindi;
yangi do‘stlik va tanishuvlarga yo‘l ochildi;
jamoaviylik va faollik muhiti yaratildi;
unutilmas ECO lahzalar jamlandi!
Aksiya yakunida esa barcha faol volontyorlar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar