YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA PSIXOLOGIK TAYYORLASH MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kechki va sirtqi ta’lim fakultetining 4-bosqich talabalari uchun Pedagogika va psixologiya kafedrasi bilan hamkorlikda “Yoshlarni oilaviy hayotga psixologik tayyorlash” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda Pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchisi Zulayho Karimova ishtirok etib, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilaviy munosabatlarda o‘zaro hurmat va ishonchni mustahkamlash, mas’uliyatni his etish hamda sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.
Seminar-treningda fakultet ma’muriyati, dekan maslahatchisi va tyutorlar ham qatnashdi. Muloqot davomida talabalarning oilaviy hayotga oid qarashlarini shakllantirish, kelajakdagi oilaviy munosabatlarda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan psixologik omillar va hayotiy vaziyatlarga to‘g‘ri yondashish masalalariga e’tibor qaratildi.
2026-10-14 11-53