YUKSAK E’TIROF VA MUNOSIB TAQDIRLOV!

YUKSAK E’TIROF VA MUNOSIB TAQDIRLOV!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga muvofiq, “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Ushbu yuksak e’tirof — Ilxomjon Tuxtasinovning mamlakatimiz ta’lim tizimi, xususan, oliy ta’lim va yoshlar tarbiyasi rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi, fidokorona mehnati hamda universitet taraqqiyotiga qaratayotgan sa’y-harakatlarining yana bir yorqin ifodasidir.

Muhtaram Ilxomjon Madaminovich!

Sizni ushbu sharafli mukofot bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar, yangi-yangi yutuqlar tilaymiz!

Yurtimiz ravnaqi va ta’lim taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu faoliyatingiz bardavom bo‘lsin!

Yuksak e’tirofingiz muborak bo‘lsin!

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube