“YURTIM QADRIYATLARI” KÖRIK-TANLOVINING UNIVERSITET BOSQIÇI ÖTKAZILDI
Özbekiston davlat jahon tillari universitetida milliy qadriyatlarni asraş, urf-odat va an'analarni keng tarğib etiş hamda talaba yoşlarda milliy özlikni anglaş tuyğusini mustahkamlaşga qaratilgan “Yurtim qadriyatlari” körik-tanlovining universitet bosqiçi ötkazildi.

Tanlovda universitetning 10 ta fakultet jamoasi iştirok etib, milliy merosimizga oid bilimlari, ijodiy yondaşuvi va mahoratini namoyon etdi.
Ingliz tili birinçi fakulteti
Ingliz tili ikkinçi fakulteti
Ingliz tili uçinçi fakulteti
Tarjimonlik fakulteti
Roman-german filologiyasi fakulteti
Ingliz filologiyasi fakulteti
Xalqaro jurnalistika fakulteti
Angren fakulteti
Şarq filologiyasi fakulteti
Rus filologiyasi fakulteti

Bellaşuv davomida jamoalar xalqimizning boy tarixi, milliy urf-odatlari, an'analari va madaniy merosini yorituvçi çiqişlar bilan iştirok etdilar.
Mazkur tanlov yoşlarning milliy qadriyatlarga hurmatini oşiriş, tarixiy merosimizni çuqur anglaş va uni kelgusi avlodlarga yetkazişga xizmat qiladi.