ŎZDJTUDA RAQAMLI SAN’AT SOHASIDAGI R&D EMPIRIK TADQIQOTLAR LOYIHASI TAQDIM ETILDI

Ŏzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektor O.Yusupov boşçiligida tayanç doktorantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvçilar va magistratura talabalari uçun Raqamli sanʼat taşkiloti tomonidan 2026-yil 28-oktabr kuni R&D empirik tadqiqotlar loyihasi taqdimoti ötkazildi.

Raqamli sanʼat ijodiy birlaşmasi tomonidan ijodiy birlaşmalarning boşqaruv va ijodiy jarayonlarini raqamlaştirişga qaratilgan R&D empirik tadqiqotlar loyihasi yölga qöyilmoqda. Mazkur loyiha doirasida taʼlim muassasalaridan volontyorlarni jalb etiş işlari boşlandi.



Madaniyat vazirligi Raqamli sanʼat ijodiy birlaşmasi R&D empirik tadqiqotlar loyihasi rahbari Nasrullayev Ikromjon Erkinoviç tomonidan loyiha taqdimoti ötkazilib, iştirokçilarga tadqiqotning maqsadi, vazifalari va amaliy yönalişlari haqida maʼlumot berildi. Taqdimot oldi Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlaş bölimi boşliği K.Muradkasimova universitet faoliyati va olib borilayotgan yangi loyihalar va uşbu loyihalarga bugungi taqdimotning aloqadorligi borasida söz olib bordi.

Mazkur taşabbus orqali ijodiy birlaşmalardagi mavjud jarayonlarni örganiş, ularni tahlil qiliş hamda boşqaruv va ijodiy faoliyatni zamonaviy raqamli yeçimlar yordamida takomillaştiriş közda tutilgan.

Raqamli sanʼat uçun R&D yönalişining asosiy vazifasi madaniyat va ijodiy sohadagi real muammolarni ilmiy asosda örganib, ularga amaliy va texnologik yeçimlar işlab çiqişdan iborat.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube