Axborot-resurs markazi ish faoliyati davomida:
- O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari:
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentabrdagi 552-sonli qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 11-noyabrdagi “Axborot-kutubxona faoliyatiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 371-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan “Universitet axborot-resurs markazi to‘g‘risida nizom”:
- “Axborot-resurs markazida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish va axborot-resurs markazida fondini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”:
- “Axborot-resurs markazining axborot-kutubxona fondlarini saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom”:
- “Axborot-kutubxona resurslarini axborot-resurs markazining fondlari hisobidan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom”:
- “O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti axborot-resurs markazidan foydalanish qoidalari”:
- 2011-yilda “O‘zDJTU Axborot-resurs markazi elektron kutubxonasi to‘g‘risidagi Nizom”:
- 2018-yilda “O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markazini badiiy, ilmiy-ommabop va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar bilan ta’minlash to‘g‘risida Nizom" kabi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, universitet kengashi qarorlari hamda rektorat buyruqlari ijrolarini ta’minlab kelmoqda.
Аxborot-resurs markazi 597 496 nusxa fondiga ega.
Darsliklar 11 9674 nusxani, o‘quv qo‘llanmalar 178 448 nusxani, ilmiy adabiyotlar 30 647 nusxani, badiiy adabiyotlar 116 258 nusxa va qo‘shimcha adabiyotlar 152 469 nusxani tashkil etadi.
Tillar bo‘yicha: o‘zbek tilida 153 594, xorijiy tillarda 443 902 nusxa adabiyotlardan iborat.
2024-yil uchun Respublika vaqtli matbuot nashrlariga 44 nomda 304 nusxa obuna tashkil qilingan.
Respublikamizda 1952-yildan shu kunga qadar himoya qilingan 516 nusxada nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari hamda 2 818 nusxa avtoreferatlar mavjud.
1 100 nomda adabiyotlarning elektron nusxalari hamda 50 000 nomda adabiyotlar tavsiflangan ИРБИС 64 elektron katalogidan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Ilmiy jurnallar va elektron o‘quv adabiyotlarini o‘zida aks ettirgan Web of Science, EBSCO, Springer Nature va Pivot-RP xalqaro ilmiy-taʼlimiy maʼlumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Ko‘zi ojiz va ko‘rish a’zolari zaif talabalarga 85 nomda audio va har birida audiodisklari bo‘lgan 149 nusxa Lui Brayl yozuvida adabiyotlar mavjud.
Axborot-resurs markazi 23 858 nafar kitobxonga xizmat ko‘rsatadi. Shulardan 22 162 nafari talabalar, 1 006 nafari professor-o‘qituvchilar, 690 nafari ishch-xodimlarni tashkil etadi.
O'zDJTU Аxborot-resurs markazi (АRM) Toshkent shahrining 4 ta hududidagi abonementlaridan kitobxonlarga uyda foydalanish uchun adabiyot beriladi.
Shuningdek, 1-2-3-4-talabalar turar joylarida АRM o‘quv zallari faoliyat yuritadi.
Аxborot-resurs markazida 40 767 nusxa adabiyotlarni o‘z ichiga olgan ochiq fondga ega 700 o‘rinli 6 ta o‘quv zallar mavjud. Zamonaviy kompyuterlari bilan jihozlangan 5 ta 111 o‘rinli elektron kutubxona faoliyat yuritmoqda.
Bundan tashqri:
- xorijiy tillar bo‘yicha bilimlar va til ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun 2 ta 10 o‘rinli munozara xonalari;
- talabalarni ma’naviy boy va barkamol ijodiy o‘sishi uchun imkoniyatlar yaratgan holda, muhim sanalar hamda mashhur kishilarning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan uchrashuv, taqdimot, asar muhokamasi kabi qiziqarli tadbirlar va treninglar o‘tkazish uchun qulayliklar yaratilgan 36 o‘rinli anjumanlar zali;
- Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan barcha qulayliklarga ega va Koreya madaniyati, talaba-yoshlar orasida koreys tilini o‘rganishni targ‘ib qiluvchi 532 nusxali adabiyotlarga ega Korea Corner o‘quv zali;
- foydalanuvchilarga qulaylik yaratish va masofadan xizmat ko‘rsatish maqsadida Axborot-resurs markazi web-sayti https://uzlib.uz/ va “Telegram” rasmiy kanali https://t.me/uzlibuz faoliyat yuritadi.
Aholiga uyga adabiyot olib ketishdan boshqa barcha xizmatlar ko‘rsatiladi;
Аxborot-resurs markazi dushanba-juma kunlari 8:30-22:00 gacha va shanba kunlari 8:30-17:00 ga qadar ishlaydi.