O‘zbеkistоn davlat jahоn tillari univеrsitеti Axborot-resurs markaziga Tоshkеnt davlat chеt tillar pеdagоgika instituti tashkil etilgan davrda - 1948 -yilda asоs sоlingan.
Axborot-resurs markazi ish faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentabrdagi “Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish, fondlarni saqlash va hisobdan chiqarish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 552-sonli qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 11-noyabrdagi “Axborot-kutubxona faoliyatiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 371-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan “Universitet axborot-resurs markazi to‘g‘risida nizom”, “Axborot-resurs markazida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish va axborot-resurs markazi fondini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”, “Axborot-resurs markazining axborot-kutubxona fondlarini saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” va “Axborot-kutubxona resurslarini axborot-resurs markazining fondlari hisobidan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom” va “O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti axborot-resurs markazidan foydalanish qoidalari”, 2011-yilda “O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti axborot-resurs markazi elektron kutubxonasi to‘g‘risida nizom”, 2018-yilda “O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markazini badiiy, ilmiy-ommabop va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar bilan ta’minlash to‘g‘risida nizom”lar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, universitet kengashi qarorlari hamda universitet buyruqlari asosida faoliyat yuritadi.
Axborot-resurs markazi binolari shaharning 4 ta hududida joylashgan, 4 ta xizmat ko‘rsatish abonementlari, 9 dona 740 o‘rinli ochiq fondli o‘quv zallari, 163 dona zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan 5 ta elektron kutubxona, xorijiy tillar bo‘yicha bilimlarni va til ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun 2 dona 10 o‘rinli munozara xonalari, talabalarni maʼnaviy boy va barkamol ijodiy o‘sishlari uchun imkoniyatlar yaratgan holda muhim sanalar hamda mashhur kishilarning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan uchrashuv, taqdimot, asar muhokamaslari kabi qiziqarli tadbirlar va treninglar o‘tkazish uchun qulayliklar yaratilgan 36 o‘rinli anjumanlar zali, Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan barcha qulayliklarga ega va 532 nusxa adabiyotlarga ega Korea Corner o‘quv zali, 3 ta adabiyotlarni saqlash depozitariylari mavjud bo‘lib, ularning yoritish tizimi, mebel jixozlari, isitish va sovitish tizimlari bilan jihozlangan.
Axborot-resurs markazida IRBIS 64 dasturi elektron katalogi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriligi tomonidan yaratilgan “Yagona “Elektron kutubxona” platformasi (Unilibrary.uz) dan foydalaniladi.
Axborot-resurs markazining internet-portali uzlib.uz mavjud.