O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tayanch doktorantura, doktorantura, stajor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish bo‘yicha ma’lumot

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qaroriga asosan (https://lex.uz/docs/-3213410?ONDATE=01.01.2023%2001)  O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tayanch doktorantura, doktorantura va stajor-tadqiqotchilikka davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga o‘qitish uchun tasdiqlanadigan qabul kvotalari asosida tasdiqlanadi.

Tayanch doktorantura, doktorantura va stajor-tadqiqotchilikka hujjatlar har yili 15-sentabrdan 15-oktabrgacha http://www.daraja.ilmiy.uz sayti orqali qabul qilinadi.

 

Mustaqil izlanuvchilikka (PhD/DSc) hujjatlar bir yilda 4 marotaba 15-sentabrdan 15-oktabrgacha, 15-yanvardan 15-fevralgacha, 15-apreldan 15-maygacha, 15-iyuldan 15-avgustgacha http://www.daraja.ilmiy.uz sayti orqali qabul qilinadi. Talabgorlar taqdim etiladigan hujjatlar ro’yhati va namunalari bilan @doctorate_bot  havolasi orqali tanishib chiqishi mumkin.

 

Universitetda quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorant, doktorant, stajor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchili sifatida faoliyat olib borish mumkin:

 

Ixtisoslik shifri va nomi

 
 

1.

10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti

 

2.

10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik

 

3.

10.00.07 – Adabiyot nazariyasi

 

4.

10.00.09 – Jurnalistika

 

5.

10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi

 

6.

13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi

 

7.

13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

 

8.

23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar

 

9.

23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari

 

10.

07.00.01 – O‘zbekiston tarixi

 

 

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar faoliyati davomida quyidagi ishlarni amalga oshirishi talab etiladi:

 

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar faoliyati quyidagi mezonlar asosida monitoring qilinadi:

O‘qishning birinchi yilida:

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tasdiqlangan yakka tartibdagi rejaning mavjudligi va uning bajarilishi;

ixtisoslik bo‘yicha tasdiqlangan nazariy-metodologik dasturning mavjudligi va uning bajarilishi;

tegishli jurnallarida dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida bitta ilmiy maqolaning chop etilganligi;

ilmiy konferensiyada dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ma’ruza bilan ishtirok etganligi;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumotning mavjudligi;

ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi seminarida dissertatsiya mavzusiga doir tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumot natijalari bo‘yicha (ilmiy rahbar bilan birgalikda) ma’ruza qilganligi;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejasining birinchi yiliigini bajarilishi bo‘yicha hisoboti mavjudligi;

Izlanuvchining yakka tartibdagi ish rejasini bajarilishi, universitetdagi davomati, jamoat ishlarda va tadbirlarda faol ishtiroki, kutubxonada ilmiy-tadqiqot olib borganligi, rahbari bilan doimiy muloqotda bo’lishi hamda biriktirilgan kafedrada olib borgan faoliyati ham alohida hisobga olinadi.

 

O‘qishning ikkinchi yilida:

tegishli jurnallarida dissertatsiya mavzusi bo‘yicha hisobot davrida chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaning mavjudligi;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha hisobot davrida ilmiy konferensiya materiallarida kamida bitta chop etilgan ma’ruza tezisining mavjudligi;

tegishli xorijiy jurnalda dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida bitta chop etilgan ilmiy maqola mavjudligi;

ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi ilmiy-tashkiliy bo‘linmasi (kafedra, laboratoriya, bo‘lim, sektor) ilmiy seminarida dissertatsiya ishining dastlabki natijalari bo‘yicha (mustaqil) ma’ruza bilan ishtirok etish;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejasining ikkinchi yilligining bajarilishi bo‘yicha hisoboti mavjudligi;

Izlanuvchining yakka tartibdagi ish rejasini bajarilishi, universitetdagi davomati, jamoat ishlarda va tadbirlarda faol ishtiroki, kutubxonada ilmiy-tadqiqot olib borganligi, rahbari bilan doimiy muloqotda bo’lishi hamda biriktirilgan kafedrada olib borgan faoliyati ham alohida hisobga olinadi.

 

O‘qishning uchinchi yilida:

jurnallarda, shu jumladan xorijiy jurnallarda soni belgilangan talablarga muvofiq chop etilgan ilmiy maqolalari mavjudligi;

OAK talablariga muvofiq tayyorlangan tugallangan dissertatsiya ishi, avtoreferatining mavjudligi;

ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi ilmiy-tashkiliy bo‘linmalari majlislarida dissertatsiya va avtoreferatining ko‘rib chiqilganligi va muhokama qilinganligi;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejasining ikkinchi yilligining bajarilishi bo‘yicha hisoboti mavjudligi;

Izlanuvchining yakka tartibdagi ish rejasini bajarilishi, universitetdagi davomati, jamoat ishlarda va tadbirlarda faol ishtiroki, kutubxonada ilmiy-tadqiqot olib borganligi, rahbari hamda biriktirilgan kafedrada tomonidan taqdim qilingan xulosa ham alohida hisobga olinadi.

 

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar faoliyati quyidagi mezonlar asosida monitoring qilinadi:

O‘qishning birinchi yilida:

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejaning mavjudligi va uning bajarilishi;

dissertatsiyaning birinchi va ikkinchi boblari tayyorligi;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tegishli jurnallarda kamida uchta ilmiy maqola chop etilganligi;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha respublika va xalqaro ilmiy konferensiyalar materiallarida kamida bitta ma’ruza tezisi chop etilganligi;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy konferensiya yoki seminarda ma’ruza qilish;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy sharh;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy sharh natijalari bo‘yicha seminarda so‘zga chiqish;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejasining birnchi yilligining bajarilishi bo‘yicha hisoboti mavjudligi;

Izlanuvchining yakka tartibdagi ish rejasini bajarilishi, universitetdagi davomati, jamoat ishlarda va tadbirlarda faol ishtiroki, kutubxonada ilmiy-tadqiqot olib borganligi, ilmiy maslahatchi bilan doimiy muloqotda bo’lishi hamda biriktirilgan kafedrada olib borgan faoliyati ham alohida hisobga olinadi.

 

O‘qishning ikkinchi yilida:

dissertatsiyaning uchinchi va to‘rtinchi boblari tayyorligi;

tegishli jurnallarda dissertatsiya mavzusi bo‘yicha hisobot davrida chop etilgan kamida to‘rtta ilmiy maqola e’lon qilinganligi (jumladan bittasi xorijda);

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xalqaro va respublika ilmiy konferensiyalar materiallarida chop etilgan kamida bitta ma’ruza tezisining mavjudligi;

dissertatsiya ishining dastlabki natijalari bo‘yicha seminar o‘tkazish;

konferensiya yoki seminarda ma’ruza bilan qatnashish (kamida bir marta);

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejasining ikkinchi yilligining bajarilishi bo‘yicha hisoboti mavjudligi;

Izlanuvchining yakka tartibdagi ish rejasini bajarilishi, universitetdagi davomati, jamoat ishlarda va tadbirlarda faol ishtiroki, kutubxonada ilmiy-tadqiqot olib borganligi, ilmiy maslahatchi bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot olib borishi hamda biriktirilgan kafedrada olib borgan faoliyati ham alohida hisobga olinadi.

 

O‘qishning uchinchi yilida:

tegishli jurnallarda dissertatsiya mavzusi bo‘yicha hisobot davrida chop etilgan kamida uchta ilmiy maqola e’lon qilinganligi;

dissertatsiya natijalari bo‘yicha (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha) chop etilgan monografiyaning mavjudligi;

OAK talablariga muvofiq tayyorlangan tugallangan dissertatsiya ishi va avtoreferatning mavjudligi;

dissertatsiya yoki avtoreferatni ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi ilmiy-tashkiliy bo‘linmalarida ko‘rib chiqilganligi va muhokama qilinganligi;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejasining uchinchi yilligining bajarilishi bo‘yicha hisoboti mavjudligi;

Izlanuvchining yakka tartibdagi ish rejasini bajarilishi, universitetdagi davomati, jamoat ishlarda va tadbirlarda faol ishtiroki, kutubxonada ilmiy-tadqiqot olib borganligi, ilmiy maslahatchi hamda biriktirilgan kafedrada tomonidan taqdim etilgan xulosa ham alohida hisobga olinadi.

 

Manzil: Toshkent shahri, Kichik Halqa yo‘li ko‘chasi, G-9A mavzesi, 21-uy, asosiy bino, 4-qavat, 418–419-xona.

Murojaat uchun telefon: (90) 919 32 30, (97) 7726331, (91) 212 41 05

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube