O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tayanch doktorantura, doktorantura, stajor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish bo‘yicha ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qaroriga asosan (https://lex.uz/docs/-3213410?ONDATE=01.01.2023%2001) O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tayanch doktorantura, doktorantura va stajor-tadqiqotchilikka davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga o‘qitish uchun tasdiqlanadigan qabul kvotalari asosida tasdiqlandi.
Tayanch doktorantura, doktorantura va stajor-tadqiqotchilikka hujjatlar 2023-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha http://www.phd.mininnovation.uz sayti orqali qabul qilinadi.
Mustaqil izlanuvchilikka (PhD/DSc) hujjatlar bir yilga 4 marotaba 15-sentabrdan 15-oktabrgacha, 15-yanvardan 15-fevralgacha, 15-apreldan 15-maygacha, 15-iyuldan 15-avgustgacha http://www.phd.mininnovation.uz sayti orqali qabul qilinadi. Talabgorlar taqdim etiladigan hujjatlar ro’yhati va namunalari bilan @doctorate_bot havolasi orqali tanishib chiqishi mumkin.
Universitetda quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorant, doktorant, stajor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchili sifatida faoliyat olib borish mumkin:
№ |
Ixtisoslik shifri va nomi |
|
1. |
10.00.04-Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti |
|
2. |
10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik |
|
3. |
10.00.07-Adabiyot nazariyasi |
|
4. |
10.00.09-Jurnalistika |
|
5. |
10.00.11-Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi |
|
6. |
13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi |
|
7. |
13.00.02-Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi |
|
8. |
23.00.02-Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnoligiyalar |
|
9. |
23.00.04-Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari |
|
10. |
07.00.01-O‘zbekiston tarixi |
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar faoliyati davomida quyidagi ishlarni amalga oshirishi talab etiladi:
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar faoliyati quyidagi mezonlar asosida monitoring qilinadi:
O‘qishning birinchi yilida:
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tasdiqlangan yakka tartibdagi rejaning mavjudligi va uning bajarilishi;
ixtisoslik bo‘yicha tasdiqlangan nazariy-metodologik dasturning mavjudligi va uning bajarilishi;
tegishli jurnallarida dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida bitta ilmiy maqolaning chop etilganligi;
ilmiy konferensiyada dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ma’ruza bilan ishtirok etganligi;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumotning mavjudligi;
ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi seminarida dissertatsiya mavzusiga doir tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumot natijalari bo‘yicha (ilmiy rahbar bilan birgalikda) ma’ruza qilganligi;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejasining birinchi yiliigini bajarilishi bo‘yicha hisoboti mavjudligi;
Izlanuvchining yakka tartibdagi ish rejasini bajarilishi, universitetdagi davomati, jamoat ishlarda va tadbirlarda faol ishtiroki, kutubxonada ilmiy-tadqiqot olib borganligi, rahbari bilan doimiy muloqotda bo’lishi hamda biriktirilgan kafedrada olib borgan faoliyati ham alohida hisobga olinadi.
O‘qishning ikkinchi yilida:
tegishli jurnallarida dissertatsiya mavzusi bo‘yicha hisobot davrida chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaning mavjudligi;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha hisobot davrida ilmiy konferensiya materiallarida kamida bitta chop etilgan ma’ruza tezisining mavjudligi;
tegishli xorijiy jurnalda dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida bitta chop etilgan ilmiy maqola mavjudligi;
ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi ilmiy-tashkiliy bo‘linmasi (kafedra, laboratoriya, bo‘lim, sektor) ilmiy seminarida dissertatsiya ishining dastlabki natijalari bo‘yicha (mustaqil) ma’ruza bilan ishtirok etish;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejasining ikkinchi yilligining bajarilishi bo‘yicha hisoboti mavjudligi;
Izlanuvchining yakka tartibdagi ish rejasini bajarilishi, universitetdagi davomati, jamoat ishlarda va tadbirlarda faol ishtiroki, kutubxonada ilmiy-tadqiqot olib borganligi, rahbari bilan doimiy muloqotda bo’lishi hamda biriktirilgan kafedrada olib borgan faoliyati ham alohida hisobga olinadi.
O‘qishning uchinchi yilida:
jurnallarda, shu jumladan xorijiy jurnallarda soni belgilangan talablarga muvofiq chop etilgan ilmiy maqolalari mavjudligi;
OAK talablariga muvofiq tayyorlangan tugallangan dissertatsiya ishi, avtoreferatining mavjudligi;
ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi ilmiy-tashkiliy bo‘linmalari majlislarida dissertatsiya va avtoreferatining ko‘rib chiqilganligi va muhokama qilinganligi;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejasining ikkinchi yilligining bajarilishi bo‘yicha hisoboti mavjudligi;
Izlanuvchining yakka tartibdagi ish rejasini bajarilishi, universitetdagi davomati, jamoat ishlarda va tadbirlarda faol ishtiroki, kutubxonada ilmiy-tadqiqot olib borganligi, rahbari hamda biriktirilgan kafedrada tomonidan taqdim qilingan xulosa ham alohida hisobga olinadi.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar faoliyati davomida quyidagi ishlarni amalga oshirishi talab etiladi:
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar faoliyati quyidagi mezonlar asosida monitoring qilinadi:
O‘qishning birinchi yilida:
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejaning mavjudligi va uning bajarilishi;
dissertatsiyaning birinchi va ikkinchi boblari tayyorligi;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tegishli jurnallarda kamida uchta ilmiy maqola chop etilganligi;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha respublika va xalqaro ilmiy konferensiyalar materiallarida kamida bitta ma’ruza tezisi chop etilganligi;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy konferensiya yoki seminarda ma’ruza qilish;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy sharh;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy sharh natijalari bo‘yicha seminarda so‘zga chiqish;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejasining birnchi yilligining bajarilishi bo‘yicha hisoboti mavjudligi;
Izlanuvchining yakka tartibdagi ish rejasini bajarilishi, universitetdagi davomati, jamoat ishlarda va tadbirlarda faol ishtiroki, kutubxonada ilmiy-tadqiqot olib borganligi, ilmiy maslahatchi bilan doimiy muloqotda bo’lishi hamda biriktirilgan kafedrada olib borgan faoliyati ham alohida hisobga olinadi.
O‘qishning ikkinchi yilida:
dissertatsiyaning uchinchi va to‘rtinchi boblari tayyorligi;
tegishli jurnallarda dissertatsiya mavzusi bo‘yicha hisobot davrida chop etilgan kamida to‘rtta ilmiy maqola e’lon qilinganligi (jumladan bittasi xorijda);
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xalqaro va respublika ilmiy konferensiyalar materiallarida chop etilgan kamida bitta ma’ruza tezisining mavjudligi;
dissertatsiya ishining dastlabki natijalari bo‘yicha seminar o‘tkazish;
konferensiya yoki seminarda ma’ruza bilan qatnashish (kamida bir marta);
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejasining ikkinchi yilligining bajarilishi bo‘yicha hisoboti mavjudligi;
Izlanuvchining yakka tartibdagi ish rejasini bajarilishi, universitetdagi davomati, jamoat ishlarda va tadbirlarda faol ishtiroki, kutubxonada ilmiy-tadqiqot olib borganligi, ilmiy maslahatchi bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot olib borishi hamda biriktirilgan kafedrada olib borgan faoliyati ham alohida hisobga olinadi.
O‘qishning uchinchi yilida:
tegishli jurnallarda dissertatsiya mavzusi bo‘yicha hisobot davrida chop etilgan kamida uchta ilmiy maqola e’lon qilinganligi;
dissertatsiya natijalari bo‘yicha (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha) chop etilgan monografiyaning mavjudligi;
OAK talablariga muvofiq tayyorlangan tugallangan dissertatsiya ishi va avtoreferatning mavjudligi;
dissertatsiya yoki avtoreferatni ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi ilmiy-tashkiliy bo‘linmalarida ko‘rib chiqilganligi va muhokama qilinganligi;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejasining uchinchi yilligining bajarilishi bo‘yicha hisoboti mavjudligi;
Izlanuvchining yakka tartibdagi ish rejasini bajarilishi, universitetdagi davomati, jamoat ishlarda va tadbirlarda faol ishtiroki, kutubxonada ilmiy-tadqiqot olib borganligi, ilmiy maslahatchi hamda biriktirilgan kafedrada tomonidan taqdim etilgan xulosa ham alohida hisobga olinadi.
Manzil: Toshkent shahri, Kichik Halqa yo’li ko’chasi, G-9A mavzesi, 21-uy, asosiy bino, 4-qavat, 418-419 xona.
Murojaat uchun telefon: (90) 919 32 30, (97) 7726331, (93) 442 67 00.