29-yanvar kuni OʻzDJTUda Hindiston madaniyat markazi bilan hamkorlikda badiiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Badiiy tadbirda Hindiston madaniyat markazi direktori Shrinavasan, Hindistonning Oʻzbekistondagi elchixonasi taʼlim masalalari boʻyicha maslahatchisi Kirti Singh Rawat, hindistonlik koʻngilli oʻqituvchi Manish Mishra mehmon sifatida ishtirok etdi.

Universitet rahbariyati vakillari tomonidan kutib olingan mehmonlar ishtirokida boʻlib oʻtgan badiiy tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. OʻzDJTU rektori oʻz nutqida universitet va Hindiston madaniyat markazi oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarining rivoji hamda talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr bildirdi.

Shundan soʻng, Hindiston madaniyat markazi direktori Shrinavasan janoblari soʻzga chiqib, madaniy va ilmiy almashinuv hamda ikki davlat oʻrtasidagi til va sanʼat yoʻnalishidagi hamkorlikning ahamiyati haqida gapirdi.

Badiiy qismda hind milliy raqslari, hind tilida sheʼrlar hamda Hindiston bilan bogʻliq tezkor savol-javoblar namoyish etildi. Shuningdek, hindcha va oʻzbekcha raqslar ijro etilib, tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Tadbir davomida insholar tanlovi gʻoliblari taqdirlandi. Shuningdek, mehmonlarga universitet nomidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

Yakunda mehmonlar Hind tili markazi bilan tanishtirildi va universitet vakillari tomonidan kuzatib qoʻyildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube