3-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 11-son yig‘ilishi boʻlib oʻtdi
Unda universitet rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich raislik qildi.
Yig‘ilish boshida Ilxomjon Tuxtasinov oliygohda joriy etilayotgan muhim yangiliklar, ta’lim jarayonini takomillashtirish, ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish, xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirish hamda talabalar bilan ishlash tizimini rivojlantirishga haqida soʻzladi.
Soʻng u “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan dasturlar, qolaversa, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, kafedra va fakultetlar faoliyatini tahlil qilish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalarni belgilab berdi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida ta’lim va tarbiya, ilmiy ishlar, moliyaviy boshqaruv hamda tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, mas’ul xodimlar tomonidan hisobotlar taqdim etildi.
Yig‘ilish yakunida Kengash tomonidan zarur qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.