3-TTJda 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligiga bag‘ishlangan tadbir
Bugun 3-Talabalar turar joyida yurtimizning eng muhim sana va qadriyatlaridan biri — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida talabalar Konstitutsiyamizning ahamiyati, undagi asosiy huquq va burchlar, shuningdek, yangi O‘zbekiston taraqqiyotida ushbu hujjatning tutgan o‘rni haqida fikrlar bilan o‘rtoqlashdilar.
Shu bilan birga, talaba-yoshlar bosh qo‘llarini yurakka qo‘yib, Vatanimizga sadoqat, qonunlarga hurmat va yurt ravnaqi yo‘lida mas’uliyat bilan yashashga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.