6-aprel kuni dunyo miqyosida tan olingan yirik olima, filologiya fanlari doktori, Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti professori Eleonora Dyuysenovna Suleymenovaning 80 yillik yubileyi keng nishonlandi.
Mazkur sana munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinov tomonidan Eleonora Dyuysenovnaga alohida tabrik yo‘llandi.
Yubiley doirasida Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti negizida tashkil etilgan “Ustoz va shogird: tadqiqot ufqlari” mavzusidagi xalqaro davra suhbatida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus tili va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Dusmamat Sattorovich Qulmamatov “Qozog‘iston–O‘zbekiston: lingvistik fan ufqlari” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.