8-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) Kengashining 9-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Kengash raisi, rektor Ilxomjon Tuxtasinov va Kengash a’zolari ishtirok etdi.

 

 

Yig‘ilish kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rildi:

I. Tuxtasinov tomonidan O‘zbekiston qonunlari, Prezident farmonlari, Hukumat qarorlari va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari ijrosi, shuningdek, universitet rahbariyati vakillari tomonidan murojaatlar bilan ishlash holati to‘g‘risida ma’lumotlar, Aleksandr Faynberg haykaliga bag‘ishlangan ishlar haqida axborotlar, ta’lim sifati, o‘quv, ilmiy-uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar to‘g‘risida hisobotlar, talabalar turar joyida holatlar, kafedralar rivojiga oid axborotlar, izlanuvchilar faoliyati va turli masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan bir qator ilmiy monografiyalarni nashrga tavsiya etish masalalari muhokama qilindi. Faol ilmiy izlanish olib borayotgan xodimlar rag‘batlantirildi.

Yig‘ilish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinovga samarali hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirildi va rektorga esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, universitet rahbariyati vakillariga ham esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube