9-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida navbatdagi Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo’lib o’tdi.

Ilmiy seminar yig’ilishida tadqiqotchi Turakulova Dilafruz Mamatsoli qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha tayyorlagan “Ingliz va o’zbek tillarida epistemik modallikning lingvokulturologik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama etildi. Seminar davomida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi. Muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube