27-may kuni AQSHning Indiana universiteti vakili OʻzDJTUga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Indiana universiteti Markaziy Osiyo tadqiqotlari boʻlimi rahbari Gulnisa Nazarova hamda OʻzDJTU rektori I.M. Tuxtasinov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X. Yuldashev, Umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri R. Madjidova, Umumiy tilshunoslik kafedrasi professori X. Muxitdinovalar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
Uchrashuvda Indiana universiteti Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi bilan oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitish boʻyicha hamkorlik, hamkorlikda oʻquv adabiyotlari, qoʻllanmalar, shuningdek elektron resurslar bazasini yaratish, Oʻzbek tili markazini ochish va qoʻllab-quvvatlash, AQSHdagi oʻzbek tili oʻqitiladigan universitetlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashish, Indiana universiteti va OʻzDJTU talabalari uchun yozgi maktablar tashkil qilish va boshqa sohalarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.