Argentinada bo‘lib turgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi 21-aprel kuni Universidad Nacional Mar de Plata (UNMdP)ga tashrif buyurdi.

 

UNMdP va O‘zDJTU o‘rtasidagi hamkorlik ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim va ilmiy almashuvlarni yanada rivojlantiradi, ikki universitetning xalqaro miqyosdagi obro‘yini yanada oshiradi hamda nafaqat ta’lim sohasida, balki ilm-fan, madaniyat va innovatsiyalarni rivojlantirishda ham yangi ufqlarni ochadi. Ushbu hamkorlik Argentina va O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashda, o‘zaro diplomatik aloqalarni rivojlantirishda ham muhim o‘rin tutadi.

 

 

Tashrif doirasida 2025-yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan UNESCO Bosh Assambleyasining 43-yig‘ilishi oldidan "O‘zbekiston: bebaho madaniy merosi" mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 

 

Odatga ko‘ra, delegatsiya a’zolari tomonidan O‘zbekistonning buyuk shaxslari haqida ma’lumot berib o‘tildi. Tadbirdan O‘zbekiston madaniyati va urf-odatlariga oid ko‘rgazma materiallari, O‘zbekiston bayrog‘i, milliy liboslar, so‘zana, hunarmandchilik namunalari koʻrgazmasi oʻrin oldi.

 

 

Milliy taomlarimizning taqdim etilishi, milliy raqslarimiz, milliy musiqa asboblarimiz orqali ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar tadbirga oʻzgacha shukuh, quvnoq kayfiyat bash etdi va argentinaliklarda katta qiziqish uygʻotdi. 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube