19-dekabr kuni OʻzDJTUda, Axborot-resurs markazi direktor oʻrinbosari M.Muxamedjonova, boʻlim mudiri Sh.Ismailova, hamda Ingliz tili 1-fakultet tyutor
lari D.Matyakubova, M.Askarova va talabalar ishtirokida tadbir tashkil etildi. 

Talabalar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan kitobxonlik haftaligi doirasida tashkil etilgan tadbirda Oltin qalam gazetasi bosh muharriri Muhammad Yusuf nomidagi fond rahbari, shoira Nazira Salomova bilan uchrashuv oʻtkazildi. 


Tadbirda shoira Nazira Salomova talabalarga tarjimashunos olim Gʻaybulloh As-Salom hamda Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodi haqida soʻzlab berdi.
 

Shundan soʻng, talabalar shoir Muhammad Yusuf ijodidan she'rlar aytib berishdi. Eng faol talabalar shoira Nazira Salomova tomonidan Muhammad Yusuf kitoblari bilan taqdirlandi.

2023-12-19 04-22

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi