9-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida BMT Parlamentlararo Ittifoqining 150-Assambleyasi doirasida mamlakatimizga tashrif buyurgan Braziliya delegatsiyasi vakili – Viktor Born Portella (Braziliyaning Moskvadagi elchixonasi O‘zbekiston bo‘yicha mas’ul xodimi) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

 

Uchrashuvda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X. Hakimov va Ispan tili kafedrasi mudirasi D. Baxronova ishtirok etdi.

Suhbat davomida bir qator masalalar muhokama qilindi, jumladan:
Braziliyaga amalga oshirilgan safar natijalari;
Braziliya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish yo‘llari, xususan:
Talabalar, o‘qituvchilar va dokto­rantlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
portugal va boshqa xorijiy tillar o‘qituvchilari uchun malaka oshirish va stajirovka dasturlarini tashkil etish;
 xalqaro konferensiya, seminar va vebinarlar tashkil qilish;
 O‘zDJTUga portugal tili o‘qituvchisini jalb etish masalasi.

Shuningdek, uchrashuvda Braziliya fuqarolari uchun o‘zbek va rus tili kurslarini yo‘lga qo‘yish, ularni bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlariga jalb qilish, braziliyalik talabalar uchun yozgi ta’lim dasturlarini tashkil qilish bo‘yicha ham fikr almashildi.

 

 

Uchrashuv iliq va samimiy muhitda o‘tib, tomonlar kelgusidagi hamkorlik istiqbollariga oid muhim takliflarni ilgari surdilar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube