2025-yil 28-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy kengash majlisida G‘aybullayeva Dildora Fayzulla qizi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz va o‘zbek tillaridagi atoqli ot komponentli frazeologizmlarning semantik-stilistik va lingvostatistik xususiyatlari” mavzusida tayyorlangan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, rasmiy opponentlar hamda ilmiy kengash a’zolari ishtirok etib, mazkur ish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Himoya offline va ZOOM onlayn platformasi orqali o‘tkazildi.