Gruziyaning Tbilisi davlat universiteti qoshidagi Gruzin tili va adabiyoti instituti direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Gruziyaning Tbilisi davlat universiteti qoshidagi Gruzin tili va adabiyoti instituti direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

12-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Tbilisi davlat universiteti qoshidagi Gruzin tili va adabiyoti instituti direktori, professor Irme Ratiani bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zDJTU tomonidan universitet rektori I. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev hamda Jahon adabiyoti kafedrasi mudiri G. Xalleyeva ishtirok etdilar.

 



Tadbir davomida quyidagi asosiy yo‘nalishlar muhokama qilindi:
— O‘zDJTUda gruzin tilini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish;
— gruzin tili bo‘yicha tarjimon kadrlar tayyorlash;
— ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlikni rivojlantirish;
— hamkorlikda seminar-treninglar, konferensiyalar hamda professor-o‘qituvchilar ma’ruzalarini onlayn va oflayn shaklda tashkil etish;
— tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar.

Uchrashuvda I. Tuxtasinov universitet faoliyati hamda 31-mart – 3-aprel kunlari Gruziyaga amalga oshirilgan tashrif natijalari yuzasidan ma’lumot berdi. Shuningdek, O‘zDJTUda Gruzin tili markazini tashkil etish va gruzin tilini o‘qitish bo‘yicha Gruziya Oliy ta’lim, fan va yoshlar vazirligi, Tbilisi davlat universiteti, Gruziya universiteti hamda Telavi davlat universiteti bilan olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

 



Professor Irme Ratiani esa ushbu tashabbuslarni amalga oshirishda har tomonlama ko‘mak berishini ta’kidlab, adabiyotshunoslik va qiyosiy adabiyotshunoslik (komparativistika) sohalarida hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuv o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan kelishuvlar bilan yakunlandi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube