Germaniya davlatida xizmat safarida boʻlib turgan OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov 21-may kuni Humboldt universitetiga tashrif buyurdi. Samarali kelishuvlarga boy tarzda tashkil etilayotgan uchrashuvlar Humboldt universitetida ham boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Humboldt universiteti rahbariyati vakillari hamda Humboldt universiteti professori Ayfer Durck xonim va David Amiri, Oʻzbekistonning Germaniyadagi taʼlim masalalarida hamkorlik boʻyicha 2- kotib Sherzod Hasanov, OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov va universitetimiz vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida, OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet faoliyatiga oid videolavha bilan birgalikda universitet haqida batafsil maʼlumot berib oʻtdi. Shuningdek, xalqaro universitetlar bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik haqida soʻzlab oʻtdi.

Ikki universitet haqidagi maʼlumotlardan soʻng, ikki tomonlama manfaatli aloqalarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar bildirildi. Muzokaralar natijasida ikki universitetlarning professor-oʻqituvchilari, magistr va talablari tajriba almashish maqsadida amaliyot oʻtashlarini yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.

Shuningdek, OʻzDJTU rektori onlayn konferensiya, talabalar almashinishni hamda dual taʼlimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarini bildirib, Humboldt universiteti talabalari uchun universitetimizda barcha sharoitlar yetarli ekanligini taʼkidladi.

Uchrashuv davomida, universitetimiz vakillari tomonidan, milliy anʼanalarimiz aks etgan sahna koʻrinishi va oʻzbek shoirlarining sheʼrlari oʻzbek, nemis tillarida ijro etildi.

2024-05-23 01-25

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi