“Ilm yulduzlari” tanlovida O‘zDJTU tayanch doktoranti muvaffaqiyat qozondi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 10.00.07 – Adabiyot nazariyasi mutaxassisligi bo‘yicha 1-bosqich tayanch doktoranti, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Sotvoldiyeva Mohinur Xazratullo qizi (ilmiy rahbar — filologiya fanlari doktori, professor G. I. Xalliyeva) “Ilm yulduzlari” intellektual ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida "Eng innovatsion g‘oya sohibasi" nominatsiyasiga loyiq topildi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston xotin-qizlar “Olimа” uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, iqtidorli yosh olimalarning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirishga qaratilgan.
Universitet jamoasi Mohinur Sotvoldiyevani ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaydi hamda unga yangi ilmiy izlanishlar, ijodiy g‘oyalar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!