Ingliz filologiyasi fakultetida ta’lim sifati bo‘yicha umummilliy so‘rovnoma
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashabbusi bilan respublika miqyosida o‘tkazilayotgan umummilliy so‘rovnoma doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakultetida so‘rovnoma tashkil etildi.
Mazkur jarayon Prezidentning 2025-yil 5-maydagi PF–76-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’limda ta’lim sifati va akademik muhit holatini aniqlashga qaratildi. So‘rovnomada fakultet talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, o‘quv jarayoni, ta’lim dasturlari va mavjud sharoitlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
So‘rovnoma ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazilib, fakultetda ta’lim sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiluvchi muhim bosqich bo‘ldi.