Joriy yilning 10-aprel kuni OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti 1-bosqich talabalari uchun tadbir tashkil etildi. 

 

 

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori билан тасдиқланган “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan.

 


Mazkur tadbirda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M.Chutpulatov, o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i, ylYoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, fakultet dekani, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda 1-bosqich talabalari ishtirok etdi.

 

Dastur davomida davlat granti ajratilishi, uni qayta taqsimlash mexanizmlari hamda ularning asosiy qoidalari haqida aniq misollar orqali tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, to‘liq va to‘liq bo‘lmagan davlat grantlari, qo‘shimcha davlat granti hamda oliy ta’lim muassasi grantlari, tegishli komissiyalar faoliyati, talabalar tomonidan ariza berish tartibi va belgilangan muddatlar haqida atroflicha ma’lumot taqdim etildi.

 

Tadbir davomida talabalar grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi hamda ta’lim jarayoniga doir boshqa masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube