Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi o‘tkazildi
17-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ostonova Ramziya Faxriddinovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Ingliz va o‘zbek tillardagi qurilish terminlarining chog‘ishtirma tadqiqi” mavzusidagi dissertatsiya ishining Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Muhokamada tadqiqotning maqsad va vazifalari, qurilish terminlarining ingliz va o‘zbek tillaridagi o‘ziga xos xususiyatlari, ularning qiyosiy tahlili hamda tadqiqot natijalarining ilmiy-amaliy ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Yakunida ishtirokchilar tomonidan dissertatsiya ishiga oid tavsiya va mulohazalar berilib, ilmiy tadqiqotni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli xulosalar ishlab chiqildi.
2026-06-18 12-46