Navbatdagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasining Ilmiy kengash majlisi boʻlib oʻtdi
Unda Turobov Jaxongir Ravkat o‘g‘lining 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ingliz tili)ixtisosligi bo‘yicha “Talabalarga transport sohasiga oid terminlarni tizimli yondashuv asosida o‘qitishning lingvodidaktik asoslari (ingliz tili misolida)” mavzusidagi mаvzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyaning himoyasi boʻlib oʻtdi.
Muhokama jarayonida OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov, rahbariyat vakillari va ilmiy kengash a’zolari ishtirok etdi.
Himoya davomida tadqiqotchi ilmiy kengash a’zolari tomonidan ishning dolzarbligi va amaliy ahamiyati boʻyicha berilgan savollarga asosli javob berdi va mazkur dissertatsiya ishi pedagogika sohasidagi muhim ilmiy izlanish sifatida e’tirof etildi.