Joriy yilning 13- oktyabr kuni OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakultetida “Olimalikka bir qadam” nomli uchrashuv boʻlib oʻtdi. Ushbu uchrashuvda mehmon sifatida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Koreys filologiyasi kafedrasi falsafa fanlar doktori, Phd dotsenti Abbasova Dilfuza Karimbek qizi va jurnalist, bloger, falsafa fanlar doktori (Phd) Mullayeva Sohiba Satimbayevnalar ishtirok etdilar.
Ushbu uchrashuvda olimalar olimalikka boʻlgan davrgacha qanday yoʻlni bosib oʻtganliklari, oila bilan ishni bir vaqtda olib borish haqida nutq soʻzlab, oʻzlarining shaxsiy tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar.
Shuningdek Dilfuza Abbosava Koreyaga borib GKS grantini qanday qilib yutib olish va Koreyaga borib ilmiy ish qilish tajribalari bilan talabalarga maslahatlar berdilar.
Yakunda esa talabalar, yosh olimalar va izlanuvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar va olimalarga tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.