24-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ozarbayjon Tillar universiteti (OTU) Roman tillari tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, PhD, dotsent Ulfat Zakir o‘g‘li Ibrohim tomonidan seminar-trening tashkil etildi.

 

 

 Mazkur tadbir O‘zDJTU va OTU o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, tenglikni ta’minlash va jamiyatni taraqqiy ettirish maqsadida 2023-yil 21-dekabr kuni imzolangan anglashinuv memorandumi hamda 2025-yil 19-mart kuni tuzilgan shartnoma doirasida boʻlib oʻtdi.

Seminar-trening Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri G. Raximova tashabbusi bilan tashkil etildi. 

 

 

Dastur davomida professor-o‘qituvchilar, talabalar va magistrlar uchun “Influence de l’IA dans l’enseignement des langues” (Til o‘qitishda sun’iy intellektning ta’siri) mavzusida qiziqarli ma’ruzalar o‘qildi va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Seminar ilm-fan va ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish, doktorantlar va ilmiy-pedagogik xodimlar uchun akademik mobillik dasturlarini amalga oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube