O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.M.Tuxtasinov va Parlametlararo Ittifoq 150-assambleyasiga tashrif buyurgan Iroq delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Mazkur uchrashuvda Iroqning Qozog‘istondagi muvaqqat vakili Doktor Jaber al-Temimi va Iroq parlamenti a’zosi, Sulaymaniya universiteti professori Doktor Musanna Nader, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A. Nasirov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Tarjimonlik fakulteti dekani U. Yo‘ldoshev, Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri K. Qodirova, O‘zDJTU arab tili o‘qituvchisi (Iroq) Ahmad Jasem Al-Zubaydilar qatnashdi. Uchrashuv davomida Iroqning Qozog‘istondagi muvaqqat vakili Doktor Jaber al-Temimi Iroq OTMlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishni taklif qildi.
Talabalar, o‘qituvchilar va doktorantlar almashinuvi, malaka oshirish va stajirovka dasturlarini tashkil qilish, xalqaro konferensiya, seminar va vebinarlar tashkil qilish, O‘zDJTUga arab tili o‘qituvchisini jalb qilish, Iroq fuqarolarini O‘zDJTUga bakalavriat, magistratura va doktoranturaga jalb qilish masalalari ko‘rib chiqilishi haqida so‘zladi.
Iroq parlamenti a’zosi, Sulaymaniya universiteti professori Doktor Musanna Nader Tarjimonlik fakulteti talabalariga “Arab tilining jozibadorligi va xorijiy til sifatida o‘qitish muammolari” mavzusida ma’ruza o‘qidi.