O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori talabalar turar joylariga tashrif buyurdi
17-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitetning 3- va 4-sonli talabalar turar joylariga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida rektor yashash sharoitlari, tozalik holati hamda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi. Imkoniyati cheklangan talabalar uchun tashkil etilgan maxsus yo‘laklar, shuningdek, turar joylar atrofiga ekilgan manzarali daraxtlar va gullarni ko‘zdan kechirib, qo‘shimcha tavsiyalar berdi.
Ilxomjon Tuxtasinov talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning fikr va takliflarini tingladi. Turar joylarda xavfsizlik, sanitariya holati va qulayliklarni yanada yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.