O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan tashkil etilayotgan til kurslari va to‘garak mashg‘ulotlari doirasida bir qator samarali darslar yuqori saviyada o‘tkazildi.

Jumladan, universitetning 1-sonli talabalar turar joyida rus tili kursi bo‘yicha navbatdagi mashg‘ulot tashkil etildi.

Dars mavzusi: “Barcha kasblar kerak, barcha kasblar muhim!”

Mashg‘ulot davomida talabalar o‘z kelajagi bilan bog‘liq maqsad va orzulari haqida fikr almashib, tanlagan kasblari, qiziqishlari hamda hayotiy rejalarini bayon etdilar. Dars jarayonida barcha kasblarning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Shayxontohur tumani 299-sonli umumta’lim maktabida ham ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotda O‘zDJTU Ingliz tili ikkinchi fakulteti, Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchisi N. Egamberdiyeva, o‘qituvchi F. Ashurova hamda XT2-2214 guruhi talabasi Yusupova Sevinch Bahromovna ishtirok etdi.

Dars “Third conditional: Understanding deeply by learning structures and usages” mavzusiga bag‘ishlanib, o‘quvchilarning grammatik bilimlarini mustahkamlashga qaratildi. Xususan, uchinchi tur shart gaplarning tuzilishi va qo‘llanilishi chuqur yoritildi.

Shuningdek, Sergeli tumani 104-sonli umumta’lim maktabida ingliz tili bo‘yicha navbatdagi to‘garak mashg‘uloti tashkil etildi. Ushbu mashg‘ulot O‘zDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti talabasi Qudratova Durdona tomonidan olib borildi.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar bilan ingliz tili grammatikasi va lug‘at boyligini rivojlantirishga qaratilgan amaliy mashqlar bajarilib, Yes/No questions hamda -wh- questions mavzulari asosida topshiriqlar ustida ishlandi.

Shayxontohur tumani 41-sonli umumta’lim maktabida ham ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot Ingliz tili ikkinchi fakulteti, Ingliz tili amaliy fanlar №2 kafedrasi o‘qituvchisi Sardora Raxmonova rahbarligida, 1-bosqich 2524-guruh talabasi Bozorova Farangiz tomonidan olib borildi.

Dars mavzusi: “Transportation”

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar mavzuga oid yangi lug‘atlarni o‘rgandilar, “warm-up” mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar hamda videoroliklar orqali bilimlarini yanada mustahkamladilar. Shuningdek, ularga turli topshiriq va vazifalar berildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube