O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va “O‘zmilliybank” AJ o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi. 

Prezidentimizning PQ-61-son (14.02.2025 y.) qarori asosida yaratilgan “Kelajakka qadam” dasturi – yoshlar bandligini ta’minlash, mehnat bozoriga integratsiyani kuchaytirish va xususiy sektor hamda tijorat banklari ishtirokida kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirishga qaratilgan muhim tashabbusdir.

 

 

Bugun ushbu tashabbus doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va “O‘zmilliybank” aksiyadorlik jamiyatining “Kelajakka qadam” markazi bilan hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Kelishuvning asosiy maqsadi talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash va mehnat bozoriga yo‘naltirishga ko‘maklashishdir.

Hamkorlik kelishuvi quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
✅ Talabalarni o‘z biznes g‘oyalarini loyihalashtirish va moliyalashtirishda qo‘llab-quvvatlash;
✅ Bitiruvchilarni sohaga oid ochiq tanlovlarda ishtirok etishga rag‘batlantirish va ishga joylashtirishga ko‘maklashish;
✅ Ish beruvchi tashkilotlarning malakali kadrlar ehtiyojini aniqlash va shu asosda maxsus dasturlar ishlab chiqish;
✅ Talabalarni xalqaro tajriba almashinuvi va qisqa muddatli o‘quv kurslariga yo‘naltirish.

 

Bugun bo‘lib o‘tgan uchrashuvda  O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ta’lim muassasalarining faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash va ta’lim sifatini ta’minlash departamenti boshligʻi – 
Xoliqov Abduvali Jonizoqovich, 
“Kelajakka qadam” markazi direktori – 
Xoshimov Elmurod Abdusatrovich, 
“Kelajakka qadam” markazi direktori o‘rinbosari – 
Atamuratov Ulug‘bek Baxtiyarovich, 
O’zDJTU rektori 
Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich
 hamda universitet rahbariyati vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning kelajagini mustahkamlash bo‘yicha rejalarni belgilab oldilar.

ℹ️ Ma’lumot uchun: Tez orada O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Kelajakka qadam” markazining filiali tashkil etilishi rejalashtirilgan.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube