O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida fakultetlarning hisobot yig‘ilishlari davom etmoqda
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida fakultetlarning 2025–2026-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha hisobot yig‘ilishlari davom etmoqda.
Navbatdagi hisobot yig‘ilishida Rus filologiyasi fakulteti dekani Aziz Raxmonov tomonidan fakultetning 2025–2026-o‘quv yilidagi faoliyati yuzasidan batafsil hisobot taqdim etildi.
Hisobot davomida fakultetning bir yillik faoliyati quyidagi asosiy yo‘nalishlar kesimida atroflicha tahlil qilindi:
- ma’naviy-ma’rifiy ishlar;
- o‘quv-uslubiy faoliyat;
- ilmiy salohiyat va ilmiy-tadqiqot ishlari;
- xalqaro aloqalar va hamkorlik;
- moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar.
Shuningdek, hisobotda fakultet tomonidan erishilgan natijalar bilan bir qatorda mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar muhokama qilindi. Kelgusi 2026–2027-o‘quv yili uchun ustuvor vazifalar va rivojlanish yo‘nalishlari belgilab olindi.
Yig‘ilish davomida universitet rahbariyati, prorektorlar hamda tegishli tarkibiy bo‘linmalar mas’ullari tomonidan fakultet faoliyati yuzasidan fikr-mulohazalar va amaliy tavsiyalar bildirildi. Xususan, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy faoliyat samaradorligini kuchaytirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yakunida fakultet jamoasi tomonidan yangi o‘quv yilida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish, ta’lim va ilm-fan yo‘nalishlarida yanada yuqori natijalarga erishish bo‘yicha aniq reja va tashabbuslar ilgari surildi.