2025-yil 24-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasiga bag‘ishlangan Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis soat 10:00 da oflayn va ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.

Ilmiy kengash majlisida Alimova Zilola Saydarifovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Zamonaviy siyosiy diskursda harbiy terminlarning funksional xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi o‘tkazildi.

Himoya jarayonida tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy kengash majlisida O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov hamda rasmiy oponentlar ishtirok etib, tadqiqot ishining zamonaviy tilshunoslik va siyosiy diskurs tahlilidagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi hamda dissertantga kelgusidagi ilmiy faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube