O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikning oldini olish va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish” mavzusida umumprofilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbir universitet va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida tashkil etildi. Universitet rektori — Ilxomjon Tuxtasinov tadbirni ochib, yoshlarni internetda kiberjinoyatchilikdan himoyalanish, axborot xavfsizligiga rioya qilish va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri hamda tezkor harakat qilish bo‘yicha zarur ko‘nikmalar bilan ta’minlashga chaqirdi.

 

 

Tadbirda mehmon sifatida Mamasiddikov Muzaffarjon Musajonovich — Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor, polkovnik; Bobonov Xusan Alisherovich — Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, polkovnik; shuningdek, Gadzhiev Xagani Mohubbat o‘g‘li — Huquqni muhofaza qilish akademiyasi raqamli kriminallistika ilmiy-tadqiqot institutining ixtisoslashtirilgan raqamli tadqiqotlar markazi boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, adliya maslahatchisi ishtirok etdi.

Tadbir davomida yoshlarga internet xavfsizligi, kiberjinoyatchilikdan himoyalanish va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi. Uchrashuv ishtirokchilariga foydali ma’lumotlar va amaliy ko‘nikmalar taqdim etildi.

 

 

Tadbirda 400 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda faol talabalar ishtirok etdi. Samimiy va interaktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlar ongini rivojlantirish va ularni xavfsizlik masalalariga ongli yondashishga yo‘naltirdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube