O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumi oldidan tayyorgarlik jarayonlari davom etmoqda
2025-yil 2–3-noyabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ikkinchi O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumi bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Bugun ushbu forumga tayyorgarlik doirasida universitetga quyidagi mas’ul vakillar tashrif buyurdi:
• Shoxrux Nazarov – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Xalqaro hamkorlik va reytinglar boshqarmasi mas’ul xodimi;
• Farhod Jumaev – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi rahbari.
Tashrif davomida mehmonlar universitet rahbariyati – rektor, prorektorlar hamda mas’ul xodimlar bilan birgalikda tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar. Ular forumni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha o‘z tavsiya va takliflarini berdilar.