O‘zDJTU — Barqaror taraqqiyot yo‘lida jahon e’tirofiga sazovor!
(THE Impact Rankings 2025 natijalari e’lon qilindi)

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jahon oliy ta’lim muassasalari orasida barqaror rivojlanish yo‘nalishidagi yutuqlari bilan yana bir bor xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Nufuzli THE Impact Rankings 2025 natijalariga ko‘ra, O‘zDJTU BMTning 17 ta barqaror rivojlanish maqsadi (SDG) doirasida olib borgan ishlari asosida global reytingga kiritildi va quyidagi muhim ko‘rsatkichlarga erishdi:

  • 4-maqsad – Sifatli ta’lim: 82.4 ball bilan jahon bo‘yicha 30-o‘rin, mamlakat va mintaqa miqyosida yetakchi natijalar qatoridan joy oldi.
  • 15-maqsad – Quruqlikdagi hayotni muhofaza qilish: 301–400-o‘rinlar oralig‘i.
  • 6, 11, 12-maqsadlar – Toza suv va sanitariya, Barqaror shaharlar va jamoalar, Mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish: 401–600-o‘rinlar ichida baholandi.
  • 13-maqsad – Iqlimga oid harakatlar va 9, 10-maqsadlar – Innovatsiya va infratuzilma, Tengsizliklarni qisqartirish yo‘nalishlarida universitetimiz 601–800-o‘rinlar ichida qayd etildi.
  • 5-maqsad – Gender tengligi: 60.0 ball bilan 201–300-o‘rinlar oralig‘ida.
  •  8-maqsad – Munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish: 801–1000-o‘rinlar guruhiga kirdi.
  • 1, 2, 3, 16, 17-maqsadlar – Qashshoqlik va ochlikka barham berish, Sog‘liqni saqlash va farovonlik, Tinchlik, adolat va kuchli institutlar, Hamkorliklar: muhim ko‘rsatkichlar bilan baholandi.

Bu natijalar nimani anglatadi?
THE Impact Rankings – universitetlarning global miqyosda BMTning barqaror rivojlanish maqsadlariga qo‘shgan hissasini baholovchi yirik reyting tizimi hisoblanadi. O‘zDJTU ushbu yo‘nalishlarda o‘zining mustahkam pozitsiyasini namoyon etib, nafaqat ta’lim sifati, balki gender tengligi, ekologik muhofaza, ijtimoiy adolat va barqarorlikka xizmat qiluvchi loyihalar orqali xalqaro maydondagi obro‘sini mustahkamladi.

Ushbu yutuq – bu universitetimiz jamoasining fidokorona mehnati, ilmiy salohiyati va global maqsadlar sari intilishining amaliy natijasidir.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube