O‘zDJTU bitiruvchi talabalariga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar topshirildi

 

 

19-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili ikkinchi fakultetida davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchi talabalarga ishga joylashish bo‘yicha yo‘llanmalar tantanali tarzda topshirildi.

 

Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ–61-sonli “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.

 Yo‘llanma topshirish marosimida Registrator ofisi boshlig‘i A. Xalillayev, fakultet dekani B. Kulmatov bo‘lim boshlig‘i A. Ahmedov, “Xizmat ko‘rsatish” bo‘limi menejerlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida bitiruvchilarga kasbiy yo‘nalishdagi amaliy tavsiyalar, mehnat bozorining dolzarb ehtiyojlari hamda ishga joylashish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

 

Ta’kidlash joizki, bunday yo‘llanmalar bitiruvchilarning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha faoliyat boshlashi, kasbiy tajriba orttirishi va jamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube