OʻzDJTU delegatsiyasi “Doʻstlik festivali” doirasidagi ekologik aksiyada ishtirok etdi

OʻzDJTU delegatsiyasi “Doʻstlik festivali” doirasidagi ekologik aksiyada ishtirok etdi

Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻtkazilayotgan “Doʻstlik festivali” doirasida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Moʻynoq tumanida tashkil etilgan “Yoshlar Orolni asraydi” ekologik aksiyasida faol ishtirok etdi.

Tadbir davomida delegatsiya aʼzolari Orol dengizining qurigan hududidagi mashhur Kemalar qabristoni hamda Orol tarixi muzeyiga tashrif buyurdilar. Unda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Tuxtasinov va Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali direktori Aydar Esimbetov ham bevosita ishtirok etdilar.

 



Tashrif davomida talabalar Orol dengizi bilan bogʻliq ekologik muammolar, uning qurishiga sabab boʻlgan omillar hamda mazkur ekologik fojianing mintaqa hayoti va tabiatiga koʻrsatgan taʼsiri haqida batafsil maʼlumotlarga ega boʻldilar. Shuningdek, muzey eksponatlari va tarixiy manbalar orqali Orolning kechmishi hamda bugungi holati bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur ekologik-maʼrifiy tadbir yoshlarda atrof-muhitga masʼuliyatli munosabatni shakllantirish, ekologik muammolar yuzasidan bilim va tushunchalarni boyitish hamda tabiatni asrashga qaratilgan tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashga munosib hissa qoʻshdi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube