O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari Pekin chet tillar universitetida xalqaro treningda ishtirok etmoqda

22-dekabr kuni Pekin chet tillar universitetida “University Personnel Digital Ability Training and Education” nomli qisqa muddatli xalqaro trening ochilish marosimi bilan boshlandi. Trening kelajakda aqlli sinfxonalar va sun’iy intellektga asoslangan darslar tashkil etish asoslarini o‘rganishga qaratilgan.

Joriy yilning 22–29-dekabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 21 nafar professor-o‘qituvchidan iborat delegatsiyasi ushbu treningda faol ishtirok etmoqda. Dastur davomida raqamli ta’lim dizayni, asosiy pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish va xalqaro onlayn kurslar (MOOC) ishlab chiqish kabi masalalar o‘rganiladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube